Kompleans - ingliz tilidan tarjima qilinganda "muvofiqlik" degan ma'noni anglatadi.
Qadrli hamkasblar,
“O‘zavtosanoat” AK samimiylik, halollik va axloqiy xulq-atvorni asosiy qadriyatlar deb biladi. Kompaniya bizning umumiy sa'y-harakatlarimiz natijasida yaratilgan ishbilarmonlik obro'sini qadrlaydi.
“O‘zavtosanoat” AK amaldagi qonunchilikka muvofiq o‘z faoliyatini halol va axloqiy tarzda olib borishga intiladi.
Shu maqsadda “O‘zavtosanoat” AK tomonidan “O‘zavtosanoat” AKning barcha xodimlari, shu jumladan, kompaniyaning rahbarlari, tarkibiy bo‘linmalari rahbarlari, shuningdek fuqarolik qonunchiligi asosida ishlovchi shaxslar tomonidan istisnosiz bajarilishi majburiy bo‘lgan Kompleans siyosati kodeksi va Kompleans bo‘yicha yo‘riqnomalar qabul qilindi.
Kompaniyada Kompleans sohasidagi huquqbuzarliklar to'g'risidagi habarlarni qabul qilish uchun Ishonch telefoni tashkil etildi.
Kompaniya xodimlari Kompleans bo'yicha qo'llanma yoki Kompleans siyosati kodeksining har qanday buzilishi haqida darhol Kompleans xizmatiga xabar berishlari kerak.
Kompleans xizmati xodimlari bilan quyidagi aloqa maʼlumotlari orqali bogʻlanishingiz mumkin:
1. Kompaniyaning ishonch telefoniga +99871 140-76-70;
2. compliance@uzavtosanoat.uz elektron pochta manziliga xat yuboring;
Kompaniyaning Komplayens xizmati aloqaning maxfiyligini ta'minlaydi.
Kompleans siyosatiga amal qilish bo'yicha kodeks
Biznes hamkorlari uchun axloq kodeksi