"Avtokomponent" MCHJ bosh direktorining MUROJAATI

Hurmatli hamkasblar va hamkorlar!

Mamlakatlar hukumati va dunyo hamjamiyatini bugungi kunda tashvishga solayotgan eng katta muammolardan bir bu korrupsiyadir.

Korrupsiya Oʻzbekistonga ham birdek tegishli boʻlib, korxonamiz ishchi xodimlari ham befaraq boʻlmasliklari, qarshi kurashda davlatimizda izchil amalga oshirilayotgan korrupsion omillarga barham berishga qaratilgan keng koʻlamli huquqiy, siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy islohotlarga faolroq boʻlib javob qaytarishimiz lozim.

Korxonamizda ushbu xavfni teran anglagan holda “Korrupsiyaga qarshi kurashish siyosati”, “Odob-axloq kodeksi”, “Manfaatlar toʻqnashuvini boshqarish siyosati” kabi 15 dan ortiq korrupsiyaga qarshi kurashishga qaratilgan ichki meʼyoriy hujjatlar va tartib-qoidalar qabul qilindi hamda xalqaro standartlarga asoslangan komplayens ichki nazorat tizimi asosida takomillashtirib borilmoqda.

Biznes munosabatlarida manfaatlar toʻqnashuvining oldini olish, korrupsiyaga qarshi kurashishda preventiv choralarni kuchaytirish va mazkur yoʻnalishdagi bilimlarni oshirish maqsadida ISO 37001:2016 xalqaro standarti talablari bosqichma-bosqich amaliyotga tatbiq etilmoqda.

Jamoamiz, Oʻzbekiston xalqi va hamkorlarimiz oldidagi korxonamizga yuklangan masʼuliyatni anglagan holda korrupsiyaning har qanday koʻrinishi va holatlariga yoʻl qoʻymaslik boʻyicha barcha saʼy harakatlar amalga oshirilmoqda.

«Avtokomponent» MCHJ oʻz navbatida, oʻz zimmasiga yuklatilgan majburiyatlarni vijdonan bajarilishi va qonun hujjatlariga qatʼiy rioya etilishini kafolatlaydi.

Shunday ekan, barchamiz korrupsion holatlarni oldini olish va unga chek qoʻyish uchun masʼul ekanligimizni anglashimiz zarur.

Hamkorlarimizni, hamkasblarimizni, jamoatchilikni ish yuritishda xalqaro standartlarga hamda korrupsiyaga qarshi tamoyillarga rioya qilishga va shubha tugʻilgan taqdirda, ehtimoliy qonunbuzarliklar haqida bizga xabar berishga yana bir bor chorlab qolamiz.

Hurmat bilan,

Korxona bosh direktori J.M.Radjabov

170200, O'zbekiston Respublikasi, Andijon viloyati, Asaka tumani, Vokzal ko'cha, 1

Transport:Yengil avto ulovlar № 1, 4

Ish vaqti: 08:00-17:00

Tushlik: 12:00-13:00

Xaritani ko`rish

by khadjee_ake

© 1996 - 2022 «AVTOKOMPONENT» MCHJ

Veb sayt materiallaridan foydalanilganda havola ko'rsatilishi shart